» » Olimlar mamontlar qirilib ketganligining yangi sababini ma’lum qildi

Olimlar mamontlar qirilib ketganligining yangi sababini ma’lum qildi


Avstraliya, Kanada, Norvegiya, Rossiya va AQSh olimlari mamontlar yashagan so‘nggi pleystotsen ekotizimining nega yo‘q bo‘lib ketganligiga guvohlik beruvchi yangi sabablarni topdi. Tegishli tadqiqot Nature Ecology & Evolution jurnalida chop etildi, deb xabar bermoqda Adelaida universiteti.

Mutaxassislar 11—15 ming yil avval, pleystotsen ekotizimi yo‘qolib ketishidan oldin, Shimoliy Amerika va Sibirdagi abadiy muzliklar eriy boshlangan deb hisoblamoqda. Bu esa havodagi namlikning ortishiga olib kelgan, natijada havyonlar uchun odatiy bo‘lgan yaylovlar o‘rnini botqoq va torf konlari egallay boshlagan. Bu kabi jarayonlar tufayli ulkan hayvonlarning, jumladan, mamontlar populyatsiyasining ajralishi ro‘y bergan.

Olimlar bunday qarorga qadimiy pleystotsen ekotizimiga taalluqli 51 ta o‘txo‘r hayvon (masalan, zubr va ot) suyaklari ustida radiouglerod tekshirishlarini olib borgandan so‘ng kelgan.

Taxminan, o‘n ming yil oldin yakun topgan pleystotsenda zamonaviy Tundra hududida mamontlar yaylovlari yuzaga kelgan. Poleontologik ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, hatto sovuq davrda ham bu hududdagi har bir kvadrat kilometrga o‘n ming tonna hayvon biomassasi to‘g‘ri kelgan. Bu unchalik katta bo‘lmagan hududda bir vaqtning o‘zida bitta mamont, beshta bizon, oltita ot va o‘nta bug‘u yashagan demakdir.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют