» » Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi COVID-19 pandemiyasiga xalqaro reaksiyani o‘rganish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi

Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi COVID-19 pandemiyasiga xalqaro reaksiyani o‘rganish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi


Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi ishtirokchilari koronavirus pandemiyasiga qarshi dunyoning turli mamlakatlari qanday choralar ko‘rayotganligini tekshirish zarurligi to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Rezolyutsiyada imkon qadar qisqa vaqt ichida COVID-19’ga berilayotgan xalqaro javobni xolis, mustaqil va har tomonlama baholash talab qilinadi. Hujjatda Xitoy haqida gap bormagan va virusning kelib chiqishini aniqlash uchun hech qanday chaqiruv yo‘q.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga a’zo davlatlarning hech biri rezolyutsiyaga qarshi chiqmagan. Hujjat Yevropa Ittifoqi tomonidan 100 dan ortiq mamlakatning qo‘llab-quvvatlovi bilan taqdim etilgan.

CNN nashrining yozishicha, Xitoy o‘rganish ishlari olib borish masalasini ma’qullagan, ammo buni faqat pandemiyadan keyin amalga oshirish kerakligini ta’kidlagan.

Koronavirusning tarqalishi Xitoyda 2019-yil oxirida boshlangan. Xitoy rasmiylari infeksiyaning tabiiy usulda kelib chiqqanini ta’kidlaydi. JSST ham shunday fikrda. Tashkilot virus odamlarga ko‘rshapalaklardan yuqqan deb hisoblaydi hamda uning laboratoriyada yaratilmagani yoki o‘zgartirilmaganini ta’kidlaydi.

AQSh rasmiylari koronavirus Xitoyning Uxan shahridagi virusologiya institutidan tasodifan tarqalgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminni ilgari surdi. Ushbu taxmin foydasiga dalillar mavjudligi, xususan, AQSh prezidenti Donald Trump va AQSh Davlat departamenti rahbari Maykl Pompeo tomonidan ta’kidlangan.

Mavzuga doir: G‘arb razvedkalarining Xitoy koronavirusni qasddan tarqatgani haqidagi ayblovi rostmi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют