» » O‘zbekiston va Turkiya ayrim tovarlarga bojxona bojlarini bekor qilish yoki uni pasaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda

O‘zbekiston va Turkiya ayrim tovarlarga bojxona bojlarini bekor qilish yoki uni pasaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda


O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolash shartlari bo‘yicha videokonferensiya orqali 5-tur muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, tomonlar imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil fevral oyida Turkiyaga amalga oshirgan tashrifi davomida ikki mamlakatlar hukumatlari tomonidan erishilgan kelishuvlarda belgilanganidek, o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga oshirishning muhim va samarali vositasi ekanligi qayd etildi.

Bitimni imzolashning maqsadi ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari uchun yanada qulay savdo sharoitlarini yaratish orqali savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan iborat. Xususan, muayyan buyumlarga nisbatan bojxona bojlari qo‘llanilmaydi yoki ularning stavkasi sezilarli darajada pasaytiriladi.

Qayd etilishicha, muzokaralar o‘tkazilishi ishlab chiqilgan bitim loyihasi moddalarini har tomonlama ko‘rib chiqish, shuningdek, o‘zaro savdo operatsiyalarida imtiyozli savdo rejimi qo‘llanilishi rejalashtirilayotgan O‘zbekiston va Turkiyada ishlab chiqarilgan tovarlarning ro‘yxatlarini batafsil o‘rganish imkonini berdi.

Shuningdek, bitimning ayrim bandlari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirilib, ular asosida hujjatga tuzatishlar kiritilgan.

Shu bilan birga, turk tomoni Turkiya savdo vazirligi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi uchun zarur texnik yordam berishga, shu jumladan, dempingga qarshi va kompensatsiya bojlarini, himoya choralarini qo‘llash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini subsidiyalash mexanizmlari masalalari bo‘yicha maslahat berishga tayyor ekanligini bildirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют