» » O‘zbekistonda issiqxonalar qurish uchun subsidiyalar ajratiladi

O‘zbekistonda issiqxonalar qurish uchun subsidiyalar ajratiladi


O‘zbekiston Prezidentining “Tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 20-maydan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan issiqxonalar o‘rnatish uchun subsidiyalar ajratiladi.

Unga ko‘ra, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda ham subsidiya beriladi. Bunda qishloq xo‘jaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilg‘or sohalarda tashkil etiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga issiqxona va parrandachilik uchun chetdan olib kelinadigan tovarlarga qanday imtiyozlar berilishi aytildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 05:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют