» » Rossiyada muhojirlar qamoqxonasidagi o‘zbekistonliklarga iftorlik dasturxoni uchun palov tarqatildi (foto)

Rossiyada muhojirlar qamoqxonasidagi o‘zbekistonliklarga iftorlik dasturxoni uchun palov tarqatildi (foto)


Artyom shahridagi maxsus qamoqxonada 60 ga yaqin mehnat muhojirlari Rossiyani koronavirus epidemiyasi sabab tark eta olmayapti. Jamoatchilik faollari Hayit arafasida musulmonlarni xursand qilish maqsadida ularga iftorlik dasturxoni uchun palov pishirib tarqatdi.

O‘zbekistonliklarning Rossiyadagi “Adolat” jamoatchilik tashkiloti rahbari Bahodir Nurakov Ramazon oyida musulmonlarning bir-birini xursand qilishi ezgu amallardan ekanini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus qamoqxonadagi 60 nafar muhojirning yarmi o‘zbeklar, lekin jamoatchilik faollari tayyorlagan iftorlik dasturxoni muassasadagi barchaga mo‘ljallangan.

“Ushbu muassasada Rossiya hududidagi ro‘yxatga olingan muddati tugagan kishilar yashamoqda. Migratsiya xizmati ularni maxsus qamoqxonaga joylashtirgan. Odatda bu kabi masalalar bir oy ichida hal qilinardi va xorijliklar uyga qaytardi, ammo ular koronavirus pandemiyasi tufayli muassasada 2-3 oydan beri yashab kelmoqda. Hammasi qachongacha davom etishi esa noma’lum”, – deydi Nurakov.

Palov Artyomdagi “Samarqand” kafesi yonida katta qozonda damlangan. 80 porsiya osh tayyorlash uchun 10 kilogramm guruch va shuncha mol go‘shti sarflangan. Osh O‘zbekistondan keltirilgan lazer guruchidan tayyorlangan.

Palov tayyor bo‘lgach, mevalar, sabzavotlar, o‘zbek nonlari va alkogolsiz ichimliklar maxsus muassasaga eltib berilgan.

Mavzuga doir: Moskva viloyati musulmonlar birlashmasi muhtoj odamlarga 15 tonna oziq-ovqat tarqatdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют