» » Toshkent viloyati Piskent tumani yo‘llaridagi beton to‘siqlar olib tashlanmoqda. Ulardan Sardobadagi qurilish ishlarida foydalaniladi

Toshkent viloyati Piskent tumani yo‘llaridagi beton to‘siqlar olib tashlanmoqda. Ulardan Sardobadagi qurilish ishlarida foydalaniladi


Olmaliq shahriga Toshkentdan kirib kelaverishdagi (Piskent tumani, “Namuna” MFY hududida) 300 metrlik avtomobil yo‘li o‘rtasidagi beton to‘siqlar olib tashlanib, o‘rniga balandligi 30 santimetr, eni 3 metrli beton plitalar yotqizilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, Ohangaron tumani “Yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur ishlarning buyurtmachisi Toshkent viloyati “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK va qurilish qiymati 783 million so‘mni tashkil etadi.

Vazirlar Mahkamasining 32-sonli bayonnomasi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan mazkur ishlar doirasida 300 metrlik yo‘lning har ikki tomoniga jami 16 ta temir beton ustun ham o‘rnatilib, yoritish chiroqlari bilan ta’minlanadi.

Ohangaron tumani “Yo‘llardan foydalanish” korxonasining vakili D.Mirzakimov yo‘llarning o‘rtasidan olib tashlanayotgan beton plitalardan Sardobadagi qurilish ishlarida foydalanilishini ma’lum qilgan.

Avval Sirdaryoda suv toshqinidan zarar ko‘rgan 1,8 mingga yaqin kottej davlat hisobidan bepul ta’mirlanishi, shu maqsadda O‘zbekistonning barcha hududlaridan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari boshchiligida 305 ta qurilish tashkiloti va 12 mingga yaqin quruvchi Sirdaryoga yetib borgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir: Sirdaryoda toshqindan talafot ko‘rgan tumanlarda 50 ta ko‘p qavatli uy quriladi. Kvartiralar uylariga jiddiy zarar yetgan fuqarolarga bepul beriladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют