» » Chiroqchi hokimi seldan zarar ko‘rgan xonadon vakillari bilan uchrashdi

Chiroqchi hokimi seldan zarar ko‘rgan xonadon vakillari bilan uchrashdi


Chiroqchi tumani hokimi Xurram Jo‘rayev 19-may kuni Qizilchovra qishlog‘ida bo‘lib, seldan zarar ko‘rgan xonadon vakillari bilan uchrashgan. Sel oqibatida qulab tushgan uylarni buzish uchun esa 40 nafar ishchi jalb qilingan. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Sobit Raimqulov ma’lum qildi.

“Daryo”da e’lon qilingan maqolada joriy yil 8-may kuni kelgan sel oqibatida 32 xonadon zarar ko‘rgani, ikkita uy qulab tushgani haqida xabar berilgandi.

Ta’kidlanishicha, qishloqqa borgan tuman hokimi va prokurori seldan zarar ko‘rgan 32 ta xonadonga birma-bir kirib chiqqan.

“Tuman hokim Xurram Jo‘rayev va prokuror Bahodir Xudoyqulovlar seldan jabr ko‘rgan fuqarolar xonadonida bo‘lib, toshqindan zarar ko‘rgan uylarni buzib olishda ishchi kuchi ajratilishini aytdi, — deydi Sobit Raimqulov. — Shu kunning o‘zida tuman obodonlashtirish boshqarmasining 40 nafar xodimi uyi qulab tushgan Sunnat Tovsharov va Shoabdulla Mengliyevlarning uylarini buzish ishlariga kirishdi”.

Qo‘shimcha qilinishicha, qishloq aholisi bilan muloqot qilgan rahbarlar katta zovur va suv yo‘llari ham tozalanishini ma’lum qilim, ko‘ngilli aholini yordamga chaqirgan.

Mavzuga doir: Qashqadaryo Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chiroqchi tumanida 32 ta xonadonga zarar yetkazgan sel haqidagi maqolaga munosabat bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют