» » Qozogiston va Ozbekiston ortasidagi savdo hajmi pasaygani malum qilindi

Qozogiston va Ozbekiston ortasidagi savdo hajmi pasaygani malum qilindi


2020-yil yanvar-mart oylarida Qozogiston va Ozbekiston ortasidagi savdo hajmi 612 million dollarni tashkil qilgan, bu otgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 foizga past korsatkich, deb xabar qilgan QazTrade savdo siyosatini rivojlantirish markazi matbuot xizmati malumotiga tayanib, InterfaksQozogiston.

Ikki davlat ortasidagi savdo hajmining salbiy osishi Qozogiston eksportining kamayishi bilan bogliq. 2020-yilning I choragida neft mahsulotlari, mis rudalari, kungaboqar uruglari kabi mahsulotlar eksporti kamaygan.

Hisobot davrida Qozogiston tovarlarining Ozbekistonga eksporti 5,2 foizga kamayib, 464,8 million dollarni tashkil qilgan. Qozogistondan Ozbekistonga import 12,2 foizga osib, 147,2 million dollarga yetgan.

Malumotlarga asosan Ozbekistonga eksportning pasayishi neft mahsulotlari (4,8 baravarga 7,6 million AQSh dollarigacha), mis rudalari va konsentratlarning (44 baravar 22 million dollardan 500 ming dollargacha) va kungaboqar urugi (2,6 baravar 9,4 million) kabi tovarlarni yetkazib berish hajmining kamaygani bilan izohlanadi.

Qozogistonning asosiy import tovarlari tabiiy gaz 49,3 million dollar (umumiy hajmning 33,5 foizi), polimerlar 12,2 million dollar (8,3 foiz), uzum 7,1 million (4,8 foiz), tomatlar 7 million (4,8 foiz), karam 5,7 million (3,9 foiz), quruq sabzavotlar 4,2 million (2,9 foiz).

Mavzuga doir:Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi. Ozbekistonning tashkilotga azoligi nima beradi?

2019-yil yakunlari boyicha Qozogiston va Ozbekiston ikki tomonlama savdo aylanmasi 4,1 milliard dollarni tashkil qilgan. Ikki davlat 2020-yil oxirigacha ushbu korsatkichni 5 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgandi.

2020-yil 26-fevralda Ozbekiston va Qozogiston ortasida 500 million dollarlik 30 ta kelishuv imzolangan.



Manba: Daryo.uz
: admin (20-05-2020, 07:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
:
-
:
20 ... -