» » Yechimni ortga surish, hamdardlik va yolg‘izlikdan cho‘chimaslik. Aqlli insonlarga xos bo‘lgan odatlar

Yechimni ortga surish, hamdardlik va yolg‘izlikdan cho‘chimaslik. Aqlli insonlarga xos bo‘lgan odatlar


Aqlli insonlarda boshqalarga o‘xshamagan qanday xususiyatlar bo‘ladi? Psixologlarning fikricha, yuqori intellekt ularning odatlarida o‘z aksini topadi. “Yandeks Dzen” platformasida ta’kidlanishicha, quyidagi odatlarning mujassamligi kishining aqlli ekanini tasdiqlaydi.

1. Sizni muhim masala yoki yangilikdan chalg‘itish oson emas.

2. Siz yangi vaziyat yoki ishga tez kirishimlisiz.

3. Siz bilganlaringizdan ko‘ra bilmaganlaringiz haqida ko‘proq bosh qotirasiz.

4. Siz yangiliklarga, yangi bilimlarga chanqoqsiz.

5. Siz boshqalarga qaraganda ta’sirchansiz, ko‘proq tashvishga tushasiz va bezovtalanasiz — bu miya faoliyatining aktivligidan dalolat beradi.

6. Siz muqobil yechimlarga tolerantsiz, ammo kamchiliklarni ko‘zdan qochirmaysiz.

7. Siz yolg‘izlikdan cho‘chimaysiz.

8. O‘zingizni o‘zingiz yuqori darajada nazorat qila olasiz, xatolaringizni ongli ravishda tushunasiz va tan olasiz.

9. Hazilkashlik sizga begona emas.

10. Bolaligingizda tengdoshlaringizga nisbatan erta o‘qish yoki yozishni boshlagansiz.

11. Siz odamlarga befarq emassiz. Boshqalarning tuyg‘ularini his qila olish va hamdardlikning namoyon bo‘lishi empatiya deb ataladi va bu emotsional intellektga xos asosiy komponent hisoblanadi.

12. Siz mohiyat mag‘zini chaqishga, mavhum tushunchalarni mantiqan anglashga qodirsiz.

13. Siz Stiv Jobs singari prokrastinatorsiz — muhim ishlarni hali vaqt bor, deb ortga surasiz. Bu bir qarashda dangasalikdek tuyulgani bilan ortga surilgan, ammo bajarilishi muhim bo‘lgan ish uchun original yechim topish sizga xos.

14. Siz global muammolar, yashashdan ma’no, koinot sirlari va boshqa muhim masalalar haqida bosh qotirasiz.

Ba’zan intellekti yuqori insonlarda psixologlar tomonidan tadqiqotlar va kuzatishlar davomida aniqlangan yuqoridagi mezonlarning ayrimlari bo‘lmasligi ham mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют