» » Ukrainada eng katta ma’lumotlar bazasini sotganlikda gumon qilinayotgan xaker qo‘lga tushdi

Ukrainada eng katta ma’lumotlar bazasini sotganlikda gumon qilinayotgan xaker qo‘lga tushdi


Ukraina xavfsizlik xizmati 773 million pochta manzili va 22 million parolni 2019-yil yanvar oyida oshkor qilgan xakerni qo‘lga tushirdi. O‘g‘irlangan ma’lumotlar bazasi oshkor bo‘lishi eng katta va shov-shuvli ishlardan biriga aylangan edi.

Sanix niki ostida ishlagan xaker Ivano-Frankovsk viloyatida ro‘yxatga olingan. Uning kompyuteridan 2 terabayt o‘g‘irlangan axborot, shuningdek, 190 ming griven hamda 3 ming AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ ashyoviy dalil sifatida olingan.

“Xaker bu pullarni noqonuniy faoliyati orqasidan ishlab topgan”, – degan Ukraina xavfsizlik xizmati vakili.

UXX bergan ma’lumotlar bo‘yicha ukrainalik xaker 2019-yil yanvarda e’lon qilingan manzillar bazasi va parollarni pullamoqchi bo‘lgan. Bu bazada u egalik qilayotgan ma’lumotlarining juda kam qismi kiritilgan. Xakerning ixtiyorida bu kabi bazalardan kamida 7 tasi mavjud bo‘lgan, ularda shaxsga doir ma’lumotlar, jumladan, Yevropa Ittifoqi hamda Shimoliy Amerikada yashovchi odamlar haqidagi axborotlar bo‘lgan.

Mavzuga doir: Dunyoning eng xavfli xakeri. Yadro urushini boshlashi mumkin bo‘lgan Kevin Mitnik haqida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют