» » Andijonda “Gazel” va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida yong‘in yuzaga keldi va ikkala avtomobil saloni yonib ketdi (foto)

Andijonda “Gazel” va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida yong‘in yuzaga keldi va ikkala avtomobil saloni yonib ketdi (foto)


Andijon viloyatining Shahrixon shahrida 19-may kuni “Gazel” va Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa soat 14:00 larda “Buvayda” MFY hududidan o‘tgan A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 416-kilometrida yuz bergan. 1977-yilda tug‘ilgan O.Sh. o‘z boshqaruvidagi “Gazel” rusumli transport vositasida ortga qayrilib olayotgan vaqtida 1990-yilda tug‘ilgan A.Z. boshqaruvidagi Lacetti “Gazel”ning chap tomoniga kelib urilgan.

Oqibatda Lacetti yo‘lovchisi 1985-yilda tug‘ilgan I.M. (erkak) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

To‘qnashuv oqibatida “Gazel”da yong‘in yuzaga kelib, yonida turgan Lacetti’ga ham o‘tgan. Transport vositalari saloni va boshqa qismlari yonib ketgan. Yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 11-may kuni Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida chap tomonga burilayotgan Damas’ni boshqa bir Damas urib yuborishi oqibatida YTH sodir bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют