» » Jasur Yaxshiboyev: O‘zbekistonga qaytishim bilan palov yegani boraman

Jasur Yaxshiboyev: O‘zbekistonga qaytishim bilan palov yegani boraman


Belarusning “Energetik-BGU” klubi hujumchisi Jasur Yaxshiboyev klub matbuot xizmatiga intervyu berdi va unda bolaligi, kelajakdagi orzulari haqida gapirib o‘tdi.

“Bolaligimda oilaviy sharoitim u qadar yaxshi bo‘lmagan. Yaxshi futbolchi bo‘lib yetishishim uchun oilam qo‘ldan kelgancha harakat qilgan. Barcha imkoniyatni yaratib berishgan. Bobom va buvim ham yordamini ayamagan. Oilamning futbolga aloqadorligi yo‘q, men birinchi sportchiman. Bolaligimda ko‘pincha ko‘chada to‘p tepib yurardim, shu sabab oilam meni futbolga berishga qaror qilgan. Shundan so‘ng “Paxtakor” akademiyasiga bordim. Shu darajaga yetishimda ularning o‘rni beqiyos.

Ha, oilamni sog‘inyapman. Mana uch oydan buyon shu yerdaman. Borishim bilan birinchi kunni oilam bilan o‘tkazaman, keyingi kunlarni esa do‘st va yaqinlarim bilan. Birinchi navbatda palov yegani o‘zbek oshxonasiga boraman (kuladi).

Har bir mashg‘ulot va o‘yinda borimni berib harakat qilaman. Imkoni bo‘lsa, Messi va Ronaldu bilan birga o‘ynashni xohlardim. Bu yerda o‘zimni yaxshi tomonlama ko‘rsatib, Yevropaga yo‘l olishni istayman. Har bir o‘yinda yaxshi harakat qilsang, o‘z-o‘zidan yaxshi variantlar bo‘ladi. Jamoamiz juda inoq, yaxshi yigitlar jamlangan.

Qiyin onlar hammada bo‘ladi, menda ham bunaqasi ko‘p bo‘lgan. Biroq men o‘zimga ishonaman va hayotim, kelajagim uchun kurashishda davom etaman. Bu hayot, bugun yaxshi ertaga esa yomon. Bir narsa aniq, kimki ko‘p mehnat qilsa omad albatta keladi”, — deydi Yaxshiboyev.

Mavzuga doir: Kuzga qoldirilgan to‘y, Belarusdagi qiyinchiliklar va Arveladze bilan kelishmovchilikning asl sababi. Jasur Yaxshiboyev bilan katta intervyu

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют