» » Ozodbek Nazarbekov sirkdagi sharoitlar bilan tanishdi. Vazirlik muassasa ta’miri uchun pul ajratadi (foto)

Ozodbek Nazarbekov sirkdagi sharoitlar bilan tanishdi. Vazirlik muassasa ta’miri uchun pul ajratadi (foto)


O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev bilan birga sirkka bordi. Bu haqda Ozodbek Nazarbekovning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

“Bugun O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev bilan birga O‘zbekiston davlat sirkida bo‘ldik.

Maqsad sirkning bugungi holatini o‘rganish, mavjud muammo va kamchiliklarga yechim topish hamda u yerda faoliyat olib borayotgan xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish edi.

Biz sirkda saqlanayotgan hayvonlar ahvoli va ularning yashash joylaridagi sanitariya-gigiyena holatlarini ko‘zdan kechirib, sirk direktoriga mavjud sharoitni yanada yaxshilash bo‘yicha qator ko‘rsatmalar berdik.

Bundan tashqari, O‘zbekiston davlat sirkini rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Yevropa standartlariga moslashtirish, qolaversa, uzoq yillar ta’mirtalab holatda bo‘lgani bois unga sarflanadigan xarajatlar miqdori yuzasidan ham o‘zaro fikr almashdik”, — deydi Ozodbek Nazarbekov.

Mavzuga doir: Ozodbek Nazarbekov o‘zbek tili haqida gapirgan Rossiya rasmiysiga javob qaytardi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют