» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 25 kishiga ko‘payib, 2880 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 25 kishiga ko‘payib, 2880 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 20-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 25 kishiga ko‘payib, 2880 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining beshtasi oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolarda, 20 tasi xorijdan kelgan shaxslar orasidan qayd etilgan.

Xorijdan kelgan 20 bemorning besh nafari charter reys bilan Sankt-Peterburgdan, 10 nafari Qozog‘istondan kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan, uch nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, shuningdek, 2 nafari qozog‘istonlik xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi.

Hozirgacha O‘zbekistonda 2338 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Ayni vaqtda mamlakat bo‘yicha 529 nafar bemor kasallikdan davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat aniqlanganidan beri 13 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют