» » APLning 3 ta klubida 6 ta koronavirusga chalinish holati aniqlandi

APLning 3 ta klubida 6 ta koronavirusga chalinish holati aniqlandi


Angliya chempionati klublarining barcha futbolchilari va xodimlari koronavirusga test topshirdi. Premyer Liga 17 va 18-may kungi tahlillar natijasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 748 tahlildan oltitasi koronavirusga ijobiy natija bergan. Zararlanish uchta klubda kuzatilgan. Virus yuqtirib olganlar 7 kunlik karantinga yuboriladi. Rasmiy bayonotda virus yuqtirib olganlar shaxsi oshkor qilinmagan.

“Byornli” klubi bosh murabbiyining yordamchisi Ien Voanda COVID-19 aniqlangan. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qilgan. Shuningdek, yana uchta holat “Uotford” klubida qayd etilgan. The Athletic jurnalisti xabariga ko‘ra, klubning bir o‘yinchisi va ikki xodimida infeksiya borligi ma’lum bo‘lgan. Shu tariqa ikkita koronavirusga chalinish holati kuzatilgan bir klub nomi noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz Premyer Liga klublariga 19-maydan guruh mashg‘ulotlarini boshlashga ruxsat etildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют