» » Organizm qarishini tezlashtiradigan mahsulotlar nomi e’lon qilindi

Organizm qarishini tezlashtiradigan mahsulotlar nomi e’lon qilindi


Ispaniyadagi Navarra universiteti olimlari yuqori darajada ishlov berilgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘qimalarning qarishiga olib keladi, degan xulosaga keldi. O‘tkazilgan tajribada 57 yoshdan 91 yoshgacha bo‘lgan 886 kishi ishtirok etdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Yuqori darajada ishlov berilgan mahsulotlarga olimlar non va shirinliklar, gazlangan ichimliklar, shirin jo‘xori qalamchalari, desertlar, yarim tayyor mahsulotlar hamda dudlangan go‘sht mahsulotlarini kiritgan.

Ushbu mahsulotlar tarkibida ko‘p miqdorda konservantlar, bo‘yoqlar, shakar, yog‘ va tuz mavjud. Ularning tarkibida kletchatka va vitaminlar juda oz.

Odatda yosh o‘tgan sari xromosomalar kamayib boradi, yuqori darajada ishlov berilgan mahsulotlar esa bu jarayonni tezlashtiradi.

Olimlar tajriba ishtirokchilarini kuzatdi. Natijada ishlov berilgan mahsulotlardan bir kunda uch porsiyadan ko‘proq iste’mol qilgan ko‘ngillilarda xromosomalar ikki marta tezroq qisqargani aniqlandi.

Mavzuga doir: Insonning aqliy qobiliyatini susaytiruvchi mahsulotlar haqida ma’lumot berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют