» » Matyoqub Matchonov Obid Asomov hamda Shaytanat seriali nima sababdan zapretga tushgani haqida gapirdi (video)

Matyoqub Matchonov Obid Asomov hamda Shaytanat seriali nima sababdan zapretga tushgani haqida gapirdi (video)


Ozbekistonda xizmat korsatgan artist, Ozbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov Daryo internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni Daryo muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Matyoqub Matchonov suhbat davomida Ozbekistonda xizmat korsatgan artist Obid Asomov hamda Shaytanat serialining zapreti sabablari haqida gapirib berdi.

Zapret sozining ozi bir ahmoqona. Allohga behisob shukr, shu narsalarni yoq qilgan Prezident boshimizga keldi. Umrlari uzoq bolsin, bu baloni olib tashlashdi. Avvallari buni qarasang zapret, uni qarasang zapret, nimaga bunday bolgan ekan, deya hayron bolardik. Ozimiz ham biror nimani gapirib qoysak, zapretga tushib qolmaylik, deb qorqib gapirar edik.

Shaytanat serialini kim zapret qilganini, aniq sababini bilmayman. Albatta, endi menga yoki Yodgor akaga oxshagan odamlar zapret qoymaydi-yu, demak, katta bir lavozimda ishlayotgan odamlar qoygan bolishi mumkin. Bizda, afsuski, mahalliychilik, tarafkashlik degan narsalar bor.

Rahmatli Obid nima uchun zapret bolgani haqida aytgan edi. Osha odamlardan birining toyiga bormagani uchun. Ozidan soraganimda Hayronman, keyinroq bildim, aytgan toyiga bormagan ekanman degan edi. Osha lavozimdagi odamning qolidan zapretdan boshqa narsa kelmaydi. Agar davlat, millat yoki tizimning shaniga yomon gap gapirayotgan bolsa, bu butunlay boshqa narsa, bu vatanfurushlik boladi. Bular oddiy sanatkor-ku.

Shaytanat serialga sanat asari sifatida qarash kerak, maktab darsligi sifatida emas. Shunday mulohazalar eshitib qolganman, Shaytanatni korgandan keyin hamma Bek aka bolib ketdi, hamma kocha bolib ketdi deyishdi, tavba qildim. Serial nima uchun zapret bolganini hech kim bilmaydi, bilganimiz bu ahmoqona ish edi.

Matyoqub Matchonov, Ozbekistonda xizmat korsatgan artist

Malumot uchun, Ozbekiston va Qoraqalpogiston xalq artisti Shaytanat seriali rejissori va bosh rol ijrochisi Yodgor Sadiyev serialni zapret qilganlar nima uchun bunday qilishganini ozlari ham bilmasligini aytgan edi. Shaytanat seriali yigirma yillik zapretdan song Zor TVda namoyish etildi. Serialning hamma kutgan songgi 21-qismi esa kinoteatrlarda premyera qilishini malum qilindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (20-05-2020, 10:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
:
-
:
20 ... -