» » Xitoyda bir sutkada 5 kishida, Janubiy Koreyada esa 32 kishida koronavirus qayd etildi

Xitoyda bir sutkada 5 kishida, Janubiy Koreyada esa 32 kishida koronavirus qayd etildi


Xitoyda so‘nggi bir sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 5 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 16 ta holat aniqlandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib. Bemorlarning 3 nafari sog‘aygan. Vafot etish holati qayd etilmagan.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 84 068 kishi virus yuqtirib olgan, ularning 79 313 nafari sog‘aygan, 4 638 nafar bemor vafot etgan. Hozirda kasalxonalarda 87 kishi davolanmoqda.

Shuningdek, yana 16 kishida kasallik alomatlarsiz kechayotgani aniqlangan. Umumiy hisobda bunday kishilarning yana 368 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: “Eng yomoni hali oldinda”. COVID-19 pandemiyasining yangi o‘chog‘iga aylangan mintaqa

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutkada 32 kishi koronavirusga chalinib, qayd etilgan kasallanishlarning umumiy soni 11 110 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga tayanib.

Qayd etilishicha, yangi kasallanishlarning 24 tasi mahalliy — Xitoy hududining o‘zidan, qolgan 8 tasi esa chetdan yuqtirilgan.

So‘nggi sutkada 128 kishi kasallikdan tuzalgan bo‘lib, sog‘aygan bemorlarning umumiy soni 10 066 nafarga yetib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 90 foizdan oshdi. Shuningdek, kasallik alomatlarsiz kechayotgan kamida 466 kishi nazoratda bo‘lib turibdi.

Koronavirus qurbonlari soni esa o‘zgarishsiz qoldi — 263 nafar. Sutka davomida hech kim kasallikdan vafot etmagan.

Yangi kasallanish holatlari ko‘payishiga koronavirus borligi gumon qilingan va keyinchalik tasdiqlangan 29 yoshli yigitning 2-mayga o‘tar kechasi Kyongido provinsiyasidagi Yonin shahridan Seulning odam gavjum bo‘lgan Itxevon hududiga borgani va u yerda bir nechta klub va barlarga kirgani sabab bo‘lgan. Klublardagi boshqa shaharlardan dam olgani kelgan bir qator shaxslar ham virus yuqtirib olgan. Ayni paytda klub bilan bog‘liq holda kasallik yuqtirganlar soni 193 nafarga yetgan.

Kasallik avj olmasligi uchun hukumat barcha klublar va ko‘ngilochar maskanlarni 7-iyunga qadar yopgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют