» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 6969 nafarga, Qirg‘izistonda esa 1270 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 6969 nafarga, Qirg‘izistonda esa 1270 kishiga yetdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 218 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda davlat komissiyasining tezkor shtabiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalingan jami bemorlar soni 6969 kishiga yetgan. Hozirga qadar 35 kishi koronavirus qurboniga aylangan bo‘lsa, 3598 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Kunlik o‘sish 3,2 foizni tashkil etmoqda. Kasallar soni viloyatlar kesimida quyidagicha taqsimlanmoqda:

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 1270 kishiga yetdi. Bu haqda respublikaning COVID-19’ga qarshi kurashish bo‘yicha shtabiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“20-may holatiga ko‘ra, yana 27 kishida koronavirus aniqlandi”, — deydi shtab vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalinganlarning 9 nafari — tibbiyot xodimlari. O‘tgan bir sutka ichida 12 kishi sog‘aygan.

Shunday qilib, butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1270 kishiga yetdi, ularning 266 nafari — tibbiyot xodimlari. Hozirga qadar 14 bemor koronavirus qurboniga aylangan, 898 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Respublikada pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga 85 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

O‘zbekistonda 20-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 2880 nafarga yetdi. Hozirgacha mamlakatda 2338 nafar kishi butunlay sog‘aygan. Ayni vaqtda mamlakat bo‘yicha 529 nafar bemor kasallikdan davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir. 13 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют