» » To‘qayev YeOII doirasidagi integratsiyani jadallashtirishga qarshi chiqdi

To‘qayev YeOII doirasidagi integratsiyani jadallashtirishga qarshi chiqdi


Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Yevrosiyo oliy iqtisodiy kengashining videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini tasdiqlashni keyinga surishni taklif qildi. Bu haqda 19-may kuni Belarusning Belta nashri xabar berdi.

To‘qayev bu hujjatni kengashga a’zo davlatlar vakillarining ertami-kechmi bo‘lib o‘tadigan yakkama-yakka uchrashuvidan keyin qabul qilish zarurligini ta’kidlgan. “Umuman olganda, uning qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlagan holda, qo‘shimcha muhokamani va o‘rganishni talab qiladigan ayrim muammolar mavjud deb hisoblayman”, — degan u.

Qozog‘iston prezidenti ushbu hujjat juda muhim ekanligini va 2025-yilgacha integratsiya yo‘nalishlarini belgilab berishini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, amalda tovarlarning cheklovlarsiz harakatlanishini ta’minlash, xizmatlar uchun yagona bozorni yaratish va umumiy energiya va moliya bozori uchun poydevor tayyorlash zarur.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют