» » Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rgan Maqtaraal tumani suvlarida xavfli baliq topildi

Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rgan Maqtaraal tumani suvlarida xavfli baliq topildi


Turkiston viloyatining Maqtaaral tumanida oqova suvlardagi baliqlar iste’molga yaroqsiz hisoblanadi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi veterinariya nazorati va Nazorat qo‘mitasiga tayanib, Sputnik xabar berdi.

O‘zbekistondagi Sardoba suv omborining to‘g‘oni buzilganidan so‘ng, Maqtaral tumani hududiga baliq quyildi. Baliq namunalari 12-may kuni veterinariya laboratoriyasiga yuborilgan. Tahlillardan so‘ng baliqning ichki organlarida bir necha turdagi bakteriyalar topilgan. Shu sababli tuman hududida baliq ovlash taqiqlandi.

“Biz ekspertiza natijalarini oldik. Tahlil natijalariga asoslanib, hammani ogohlantiramiz: suv bosgan joylarda baliq ovlamang”, — deydi viloyat inspeksiyasining baliqchilik boshqarmasi boshlig‘i Shaken Boranbay.

Viloyat hududiy inspeksiyasi oqova suvlardagi baliqlarni yo‘q qilishni boshlagan.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv omboridagi suv toshqini oqibatida Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumani hududida texnogen xususiyatga ega favqulodda holat e’lon qilingandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, toshqin natijasida viloyat hududida 30 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev toshqindan jabr ko‘rgan Maqtaaral tumani aholisi yangi yoki ta’mirlangan uy joy bilan to‘liq ta’minlanishi, ularning har biriga respublika budjetidan 100 ming tenge berilishini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют