» » Jizzax viloyatida yuz berayotgan yong‘inlarga isitish pechlari, elektr uskunalar va bolalar sho‘xligi asosiy sabab bo‘lmoqda

Jizzax viloyatida yuz berayotgan yong‘inlarga isitish pechlari, elektr uskunalar va bolalar sho‘xligi asosiy sabab bo‘lmoqda


Jizzax viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni samarali o‘tdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB YoXB katta muhandisi, leytenant Farrux Abdurahmonov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Shu kuni viloyat IIB YoXB rahbariyati va xodimlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, profilaktika inspektorlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatning Baxmal, G‘allaorol, Mirzacho‘l, Arnasoy kabi tumanlarida profilaktik tadbirlar olib borildi. Jumladan, Baxmal tumani maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji va 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham o‘quvchi-yoshlar va ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

“Joriy yilning shu kuniga qadar xodimlarimiz tomonidan yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlariga alohida e’tibor berildi. O‘tgan uch oy davomida korxona-tashkilotlarda 283 marotaba 25 753 nafar ishchi xizmatchi bilan, o‘quv muassasalarida, mahallalarda 388 marotaba 24 832 nafar fuqaro hamda aholi turar joylarida 38 402 marotaba 102 771 nafar fuqaro bilan suhbatlar o‘tkazdik. O‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘z samarasini berib, viloyatimiz hududida sodir bo‘lgan yong‘inlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,6 foizga kamayishiga erishildi. Afsuski, yong‘inlar natijasida insonlarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari ham qayd etilmoqda. Tahlillar yong‘inlarning asosiy qismi yashash uylarida sodir bo‘layotganligi, bunga isitish pechlari, elektr uskunalari, olovdan ehtiyotsizlik va bolalar sho‘xligi asosiy sabablar bo‘lib qolayotganligini ko‘rsatmoqda”, — deydi serjant Anvar Qilichev

Hududiy profilaktika inspektori mayor Alisher Kazakov ham so‘zga chiqib, voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida uchrayotgan turli huquqbuzarliklar va ularning ildizlariga e’tibor qaratdi. Ulardan bir nechtasi o‘quvchi-yoshlar e’tiboriga havola etildi. Darslarga o‘z vaqtida qatnashmaslik, bekorchilik, biror kasbning boshini tutmaslik, virtual o‘yinlarga mukkasidan ketish kabi holatlar huquqbuzarliklar ildizlari deya e’tirof etildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 16:43)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют