» » Habib Nurmagomedov: Qishlog‘imda koronavirus sabab 11 kishi vafot etdi, qo‘shni qishloqda esa bir kechada 14 ta o‘lim holati qayd etildi

Habib Nurmagomedov: Qishlog‘imda koronavirus sabab 11 kishi vafot etdi, qo‘shni qishloqda esa bir kechada 14 ta o‘lim holati qayd etildi


Yengil vazn toifasida UFC amaldagi chempioni Habib Nurmagomedov koronavirusni firibgarlik deb atagan obunachisiga javob qaytardi.

Avvalroq Habib Dog‘iston xalqiga murojaat yo‘llab, koronavirus pandemiyasi hududga jiddiy xavf solayotgani sabab barchani uyda o‘tirishga chaqirgandi.

“Qishlog‘imda birdaniga 500 dan ortiq kishi pnevmoniyaga chalindi, 11 kishi vafot etdi va o‘nlab odam shifoxonada yotibdi. Bu faqat mening qishlog‘imdagi holat, qo‘shni qishloqda bir kechaning o‘zida 14 kishi o‘lim topdi, ularni ko‘mishga ulgurishmayapti. Sen kabi aqlli bo‘lmaganim uchun meni kechir”, — deya javob yozadi obunachisiga Habib.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra Dog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 3600 nafardan ortiq. 2300 ga yaqin kishi sog‘aygan, vafot etganlar soni 36 nafarni tashkil etmoqda.

Habib Nurmagomedovning barcha janglarini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir: “Otamning ahvoli juda og‘ir”. Habib Nurmagomedov otasining holati haqida ma’lumot berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют