» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 11 kishiga ko‘payib, 2349 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 11 kishiga ko‘payib, 2349 nafarga yetdi


O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning yana 11 nafari tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 2349 nafarga yetdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 kishi, Namanganda viloyatida esa 5 kishi sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Qoraqalpog‘istonda tuzalib chiqqanlarning barchasi Rossiyadan kelgan va karantinga olingan erkaklardir. Ularda kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Sog‘ayganlarning 3 nafari Buxoro viloyatidan, 2 nafari Xorazm viloyatidan, 1 nafari esa Navoiy viloyatidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 21 yosh.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida shu paytga qadar 112 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 118 nafarga yetdi.

Namangan viloyatida tuzalib chiqqanlarning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 1 nafari erkak, 4 nafari ayol. Sog‘ayganlarning barchasi Namangan viloyatidan (4 nafari Namangan tumanidan, 1 nafari esa Namangan shahridan). Ular orasida yoshi kattasi 66, eng kichigi 14 yosh.

Viloyatda shu paytga qadar 214 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 219 nafarga yetdi.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlarning umumiy soni 2338 nafarga yetgani xabar berilgandi. Endilikda ular soni 2349 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallanganlarning umumiy soni esa 20-may soat 10:00 da 25 kishiga ko‘payib, 2880 nafarga yetdi.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat aniqlanganidan beri 13 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют