» » O‘zbekistonda yanvar—aprel oylarida qancha benzin ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda yanvar—aprel oylarida qancha benzin ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi


O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar—aprel oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2019-yilning shu davriga nisbatan ko‘paydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Qayd etilishicha, 2019-yilning yanvar—aprel oylari davomida mamlakatda 308,7 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020-yilda ushbu ko‘rsatkich 365,8 ming tonnani tashkil etgan.

Shuningdek, dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham o‘sish kuzatilgan. 2019-yilda 341,8 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020-yilda — 363,4 ming tonnaga yetgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2020-yil yanvar—aprel oylarida neft qazib olishni 2019-yilning shu davriga nisbatan (231,2 ming tonna) biroz oshirgan — 232,6 ming tonnagacha.

Tabiiy gaz qazib olish esa 17,2 milliard kub metrni tashkil etgan, bu 2019-yilning shu davriga nisbatan kamroq, demak (20,5 milliard kub metr). Bundan tashqari, yanvar—aprel oylarida O‘zbekiston 506,9 ming tonnadan ortiq gaz kondensati qazib olingan, bu ham 2019-yilning shu davriga nisbatan kam (541,3 ming tonna) ekanini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining boshida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv kengashi raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Ashurov O‘zbekistonda benzin va dizel narxi pasayishini ma’lum qilgandi. 15-maydan boshlab mamlakatdagi UNG yoqilg‘i quyish shoxobchalarida import qilingan Ai-92 benzinining narxi 5000 so‘mga tushirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют