» » Samarqanddagi qaysi mahallalarda koronavirus aniqlangani ma’lum qilindi

Samarqanddagi qaysi mahallalarda koronavirus aniqlangani ma’lum qilindi


Samarqand shahri hokimi Boburmirzo Obloqulov shaharning qaysi hududlarida koronavirus aniqlangani haqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.

“Karantin qoidalarini yumshatish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar joriy etilgan. Shuni aytishim kerakki, bu choralar butun Samarqand shahri uchun tatbiq etilmaydi. Kasallik aniqlangan bemorlar yashaydigan ayrim mahallalarda karantin qoidalari kuchaytiriladi”, — degan Samarqand shahar hokimi.

Uning bildirishicha, kasallik chekinmaguncha “Abdurahmon Jomiy”, “Adolat”, “Bahor”, “Bog‘i Temur”, “Al-Farobiy”, “Bog‘i Shifo”, “G‘iyosiddin Jamshid”, “Do‘stlik”, “Jo‘yi chuqur”, “Zarafshon”, “Zargartepa”, “Ilg‘or”, “Ko‘k masjid”, “Qo‘shchinor”, “Qarshi yo‘li”, “Mash’al”, “Nurobod”, “Sayid”, “Siyobcha”, “Tadbirkorlar”, “Uvaysiy”, “O‘rta Xo‘jasoat”, “Hamid Olimjon”, “She’roziy”, “Hazora”, “Hunarmandlar”, “Chorbog‘”, “Cho‘pon ota”, “Shodlik”, “Shukrona”, “Yangi hayot” va “Yangi Xayrobod” mahallalariga vaqtincha kirish-chiqish cheklanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni damgacha Samarqand viloyatida 281 kishi koronavirus yuqtirgan va ularning 175 nafari tuzalgan, 1 kishi virus sabab vafot etgan.

18-may kuni Samarqand shahrida karantin qoidalari kuchaytirilgan tartibda davom ettirilishi va shahar ko‘chalarida maxsus ruxsatnomasiz avtomobillar harakati hozircha cheklangani e’lon qilingandi.

Mavzuga doir: Bosh prokuratura samarqandlik shifokorga nisbatan ochilgan jinoyat ishini bekor qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют