» » Toshkentda yana 17 kishi koronavirusdan tuzaldi. Ular orasida 1 yoshli qizaloq ham bor

Toshkentda yana 17 kishi koronavirusdan tuzaldi. Ular orasida 1 yoshli qizaloq ham bor


Toshkentda 20-may kuni 17 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. Ularning 14 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan, 3 nafari Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan, sog‘ayib chiqqan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 7 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ularning 6 nafari chet eldan (4 nafari Tojikistondan, 1 nafari BAAdan, 1 nafari esa Rossiyadan) kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 8 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 6 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafardan Toshkent shahri, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 44 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019-yilda tug‘ilgan qizaloq ekani aytildi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar tuzalganlarning barchasi erkak (38 yosh, 40 yosh va 47 yosh). Ulardan 2 nafari Farg‘ona viloyatidan bo‘lib, Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. 1 nafari esa Tojikiston fuqarosi bo‘lib, uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchisi hisoblanadi. Hozirda ularning barchasi kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 796 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 813 nafarga yetdi.

Bugun, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 kishi, Namanganda viloyatida esa 5 kishi sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgani xabar berilgandi.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlarning umumiy soni 2366 nafarga yetdi. Kasallanganlarning umumiy soni esa 20-may soat 10:00 holatiga ko‘ra 2880 kishini tashkil qilmoqda. Mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat aniqlanganidan beri 13 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют