» » Marko Roys yana safdan chiqdi

Marko Roys yana safdan chiqdi


Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Marko Roys uch oy avval son mushaklaridan olgan jarohati sabab mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Sport Bild nashrining xabar qilishicha, germaniyalik futbolchi “Volfsburg” (23-may) va “Bavariya”ga (26-may) qarshi kechadigan bahslarda dortmundliklarga yordam bera olmaydi. Bundan tashqari Roys mavsum oxirigacha maydonga qaytmasligi ham mumkin.

Roys 2012-yildan buyon “Borussiya”da to‘p tepib keladi. Joriy mavsum 30 yoshli futbolchi Bundesligada 19 o‘yin o‘ktazib, 11 gol va 6 ta samarali muallifiga aylandi. Dortmund jamoasi Germaniya chempionati 26-turidan so‘ng 54 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda va peshqadam “Bavariya”dan 4 ochko ortda qolgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 22) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют