» » Bishkekda 25-maydan jamoat transporti harakati tiklanadi

Bishkekda 25-maydan jamoat transporti harakati tiklanadi


Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda 25-maydan jamoat transporti harakati tiklanadi, deb xabar bermoqda KNews. Bu haqda mamlakat bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov brifingda ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, barcha yo‘lovchilar sanitariya me’yorlariga qat’iy rioya qilishi, masofa saqlashi va niqob taqishi shart. Yo‘nalishga avtobuslar va trolleybuslar chiqariladi. Aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasi esa 25-may kuni ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, shu kundan boshlab buyum bozorlari, 50 kishilikdan ortiq bo‘lmagan kafe va restoranlar, teatr, muzey, kutubxonalar ham ishlashni boshlaydi.

Barcha davlat xizmatlari markazlari, (bolalar o‘yingohlari va ovqatlanish joylarini istisno qilgan holda) savdo markazlari, avtomobil va mol bozori, mehmonxonalar (basseynlar va sport zallari ishlamasligi lozim), xususiy hammomlar va SPA salonlari faoliyatiga esa 21-maydan boshlab ruxsat beriladi.

“Agar mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarmasa, ayrim sohalar ishini qayta boshlashni kechiktirishga to‘g‘ri keladi”, — degan bosh vazir o‘rinbosari.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 1 270 kishiga yetgan. Bemorlarning 910 nafari sog‘aygan, 14 nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют