» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 47 kishiga ko‘payib, 2927 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 47 kishiga ko‘payib, 2927 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 20-may soat 16:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2927 (+47) nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 28 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 19 nafari xorijdan (15 nafari Qozondan, 4 nafari Sankt-Peterburgdan charter reyslari orqali) kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan shaxslar orasidan qayd etilgan.

Hozirgacha O‘zbekistonda 2366 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. “Qolgan barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, – deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat aniqlanganidan beri 13 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют