» » UzReport “Barselona” — “Yuventus” uchrashuvini jonli namoyish etadi

UzReport “Barselona” — “Yuventus” uchrashuvini jonli namoyish etadi


Yevropa Chempionlar ligasining chorak finalidan joy olgan “Barselona” — “Yuventus” o‘yini UzReport telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi.

Tomonlarning Turin shahrida o‘tgan birinchi uchrashuvida “Yuventus” 3:0 hisobida zafar quchgandi. “Kamp Nou”dagi javob o‘yini bugun — 19-aprel kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.

Bugun, shuningdek, parellel ravishda “Monako” — “Borussiya Dortmund” o‘yini ham bo‘lib o‘tadi. Kataloniyadagi o‘yin sabab Monakodagisi 20-aprel kuni 16:00 da — yozib olingan holda namoyish etiladi. Bu uchrashuvning birinchisida “Monako” 3:2 hisobida ustun kelgandi.

“Barselona” — “Yuventus” o‘yinini ko‘ra olmagan ishqibozlar 20-aprel kuni soat 13:00 da uning takrorini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Опубликовано: admin (19-04-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют