» » Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 5 mln kishidan oshdi

Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 5 mln kishidan oshdi


Worldometer servisi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 5 million kishidan oshdi.

20-may, soat 17:00 holatiga ko‘ra, kasallanganlar soni 5 010 113 kishiga yetgani qayd etilgan. Shundan 1 975 322 nafari sog‘aygan, 325 332 kishi esa vafot etgan.

Kasallangan soni bo‘yicha ro‘yxatda AQSh yetakchi bo‘lib turibdi –  1,571,131 kishi kasallikka chalingan. Ikkinchi o‘rinni Rossiya (308 705 kishi), uchinchi o‘rinni Ispaniya (278 803 kishi) egallagan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlari esa dunyo bo‘yicha kasallikka chalinganlar soni 4 913 761 kishiga yetganini ko‘rsatmoqda.

Turli mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra kasallikka chalinganlar soni aslida ancha ko‘p, chunki statistikada faqat aniqlangan holatlargina hisobga olinadi.

Mavzuga doir: Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi COVID-19 pandemiyasiga xalqaro reaksiyani o‘rganish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют