» » Chortoqdagi kanalda oqib ketgan ayolning shaxsi va o‘lim sababi aniqlandi

Chortoqdagi kanalda oqib ketgan ayolning shaxsi va o‘lim sababi aniqlandi


Avvalroq Namangan viloyati Chortoq tumanidan oqib o‘tuvchi kanalda ayol kishi oqib ketganligi hamda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat bo‘yicha ma’lumot bergani haqida xabar berilgan edi. Hayot Shamsutdinovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ayolning shaxsi aniqlangan.

Chortoq tuman IIB tomonidan xabar berilishicha, 20-may kuni soat 10:30 da Chortoq tumani “Komillik” MFY, Yaxshi niyat ko‘chasidan oqib o‘tgan Katta Namangan kanalidan taxminan 20-22 yoshli, shaxsi noma’lum ayol kishining jasadi tashqi tan jarohatlarisiz topilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu topilgan shaxsi noma’lum ayol Chortoq tumani, “Tengdosh” MFYda yashagan 2000-yilda tug‘ilgan O.S. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan voqea joyiga Chortoq tuman prokuraturasi va IIB xodimlaridan iborat tezkor tergov guruhi a’zolari yetib borgan.

Marhumaning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sud tibbiy ekspertiza bo‘limining 2020-yil 20-maydagi dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumaning o‘limiga yuqori nafas yo‘llarining suyuqlik (suv) bilan berkilishi, obturatsion asfiksiya asorati, o‘pka, miya shishi sabab bo‘lganligi aniqlangan.

“Mazkur holat yuzasidan hozirda Chortoq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют