» » Fransiyalik biznesmen mamlakatni inqirozdan qutqarishning oddiy yo‘lini topdi. Buning uchun “Mona Liza”ni sotish kifoya

Fransiyalik biznesmen mamlakatni inqirozdan qutqarishning oddiy yo‘lini topdi. Buning uchun “Mona Liza”ni sotish kifoya


Fransiyadagi Fabernovel kompaniyasi rahbari Stefan Distangian mamlakat hukumatiga Leonardo da Vinchining “Mona Liza”ni sotish taklifini bildirdi, deb xabar qiladi Medialeaks.

San’at ixlosmandlarining yuragi bunday taklifdan titrab ketgan, biroq tadbirkor bu bilan buyuk asarni haqoratlashni xohlamagan. U kartinani sotishdan kelgan mablag‘ davlatga pandemiya vaqtidagi iqtisodiy inqirozni yengib o‘tishiga yordam berishini ta’kidlagan.

“Biz kundan kunga milliardlab yevroni koronavirusga qarshi kurash uchun sarflayapmiz, xuddi suvga tosh otayotgan bolakaydek. Va buning oxiri ko‘rinmayapti, shunday ekan iqtisodiy inqiroz tubsiz bo‘ladi. Barcha xarajatlar baribir bizga qaytib keladi — ularni biron bir narsa bilan kompensatsiya qilish kerak”, — deydi biznesmen.

Distangianning fikricha, pandemiyaga qarshi kurash uchun sarflanayotgan mislsiz sarf-xarajatlarni millat farovonligi uchun ahamiyat kasb etmaydigan, biroq qimmatbaho bo‘lgan narsalarni sotish orqali qoplash mumkin. Uning aytishicha, Leonardo da Vinchining san’at asari fransuz iqtisodiyotining qutqaruvchisiga aylanishi mumkin. Axir kartina ramziy jihatdan boshqa hech qanday qiymatga ega emas. Distangian davlat jahon shedevrini sotish orqali 50 milliard yevro ishlab olishiga ishonmoqda.

Shuningdek, biznesmen vaziyatdan chiqishning yana bir usuli bilan bo‘lishdi — “Mona Liza”ni boshqa davlatlarga kriptovalyuta evaziga “ijaraga” berish. Shu orqali Luvr kartinaga egalik huquqini saqlab qoladi. Distangian o‘zining bu taklifini Leonardo da Vinchi ham qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardi,  deya fikr bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют