» » “Chelsi” afsonasi Frenk Lempardning londonliklar safidagi eng chiroyli gollari bitta sahifada (video)

“Chelsi” afsonasi Frenk Lempardning londonliklar safidagi eng chiroyli gollari bitta sahifada (video)


“Daryo” muxlislarning talab va takliflarini inobatga olgan holda dunyoning eng kuchli futbolchilari tomonidan urilgan eng sara gollarni taqdim etib boradi. Ushbu loyihaning navbatdagi sonida hozirda “Chelsi”ga ustozlik qilayotgan Frenk Lempardning londonliklar safidagi eng chiroyli gollari taqdim etiladi.

10-o‘rin. 2010-yil | “Chelsi” — “Uotford” 5:0

2010-yilning dastlabki o‘yinida londonliklar Angliya Kubogi doirasida “Uotford”ni tor-mor keltiradi. Lempard esa jamoasining to‘rtinchi golini shu tarzda uradi.

9-o‘rin. 2005-yil | “Chelsi” — “Kristal Pelas” 4:1

Murosasiz o‘tgan London derbisida Frenk 29-daqiqada uzoq masofadan ajoyib zarba yo‘llab, jamoasini oldinga olib chiqadi. Keyinchalik maydon egalari ikkinchi bo‘limda yana uchta to‘p kiritishga erishadi.

8-o‘rin. 2005-yil | “Bolton” — “Chelsi” 0:2

“Chelsi”ning chiroyli kombinatsiyasini Lempard qoyilmaqom gol bilan yakunlaydi. Mazkur bahsdagi ikkita golga ham qahramonimiz mualliflik qiladi.

7-o‘rin. 2004-yil | “Chelsi” — “Norvich” 4:0

Lempard uchun ko‘tarinki o‘tgan 2004/05-yilgi mavsumdagi yana bir gol kuchli o‘nlikdan o‘rin oldi.

6-o‘rin. 2006-yil | “Barselona” — “Chelsi” 2:2

Chempionlar Ligasi 2005/06-yilgi mavsumi 1/8 finalida “Chelsi” katalon klubiga yengilgan holda musobaqani tark etadi. Bu jamoalar kelasi mavsum YChL guruh bosqichida to‘qnash keladi. Dastlabki o‘yinda “Chelsi” minimal hisobda g‘alaba qozonadi, mazkur o‘yinda esa so‘nggi daqiqalarda “Barselona”dan g‘alabani tortib olgan holda o‘ziga xos tarzda o‘ch oladi.

5-o‘rin. 2009-yil | “Chelsi” — “Everton” 2:1

Angliya Kubogi finalida dastlab mersisaydliklar 1-daqiqadagi gol evaziga oldinga o‘tib oladi. Keyinchalik Didye Drogba muvozanatni tiklaydi, 72-daqiqada esa Lempard mana shu zarbani yo‘llagan holda jamoasiga kubokni olib keladi.

4-o‘rin. 2004-yil | “Fulhem” — “Chelsi” 1:4

Navbatdagi derbida Frenk chiroyli goli bilan o‘yindagi hisobni ochib bergandi.

3-o‘rin. 2006-yil | “Everton” — “Chelsi” 2:3

Dramatik ruhda kechgan bahsda Lempard 81-daqiqada hisobni tenglashtiradi. Oradan olti daqiqa o‘tib Drogba londonliklarning uchinchi golini uradi va mehmonlar irodali g‘alabani qo‘lga kiritadi.

2-o‘rin. 2008-yil | “Hall Siti” — “Chelsi” 0:3

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Lempard zargarona zarba bilan darvozabonni dog‘da qoldiradi.

1-o‘rin. 2005-yil | “Chelsi” — “Bavariya” 4:2

Chempionlar Ligasi chorak final ilk bahsida “ko‘klar” myunxenliklarga imkon qoldirmaydi. Lempard ushbu bahsda dublga erishadi. Gollaridan biri esa shunchaki shedevrga aylanadi. Har kim ham Oliver Kanga bunday gol ura olmaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют