» » JSST vakili Rossiyada koronavirus bilan bog’liq vaziyat barqarorlashganini ma’lum qildi

JSST vakili Rossiyada koronavirus bilan bog’liq vaziyat barqarorlashganini ma’lum qildi


Rossiyada koronavirus infeksiyasining tarqalish tezligi pasaygani mamlakat “barqarorlashuv fazasi”ga o‘tganini bildiradi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ma’lum qildi, deb yozmoqda “RBK”.

Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlari sonining bundan keyin kamayishiga erishish zarur, chunki kasallik ustidan to‘liq g‘alabagacha hali uzoq.

“Bu marafonga o‘xshaydi va biz endigina uning yarmidamiz, degan bo‘lar edim”, — degan Vuynovich.

JSST vakilining ta’kidlashicha, kasallanganlar sonining pasayishidagi ijobiy tendensiyani saqlab qolish uchun kasallikka qarshi kurash maqsadida joriy qilingan cheklovlarga amal qilish juda muhim hisoblanadi.

So‘nggi bir sutkada Rossiyada COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha 8764 ta yangi holat qayd etilgan, bu 1-maydan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich bo‘ldi. Bir sutkada tuzalganlar soni esa birinchi marta kasallanganlar sonidan oshdi va 9262 kishini tashkil qildi. Tuzalganlarning umumiy soni esa 85 ming kishidan oshgan. Rossiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 308,7 ming kishidan oshdi, 2972 kishi kasallikdan vafot etgan, jumladan, so‘nggi bir sutkada 135 kishi qurbon bo‘lgan.

Avvalroq Melita Vuynovich COVID-19 epidemiyasining susayishi qaysi ko‘rsatkich bilan o‘lchanishi haqida gapirgandi.

Mavzuga doir: Rossiyalik millionerlar orasida bunker xarid qilish holatlari ko‘paydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют