» » Insayder: iPhone 12 taqdimoti oktabrga ko‘chirildi

Insayder: iPhone 12 taqdimoti oktabrga ko‘chirildi


Apple kompaniyasi koronavirus sabab sakkiz yildan beri birinchi bor yangi iPhone modellari taqdimotini sentabr oyidan boshqa sanaga ko‘chirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda taniqli insayder Jon Prosser ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, iPhone 12 lineykasidagi barcha smartfonlar taqdimoti va savdolarning boshlanishi oktabrga ko‘chirilgan — Apple 2012-yili ishlab chiqarilgan iPhone 5’dan buyon barcha yangi smartfonlarini har yili sentabrda taqdim etib kelardi. Koronavirus sabab kompaniya to‘rtta modeldagi smartfonlarni kerakli miqdorda ishlab chiqarishga ulgurmayapti, shu sababli taqdimot bir oyga kechiktirildi.

Jon Prosser bunga qadar ham Apple’ga bog‘liq bir qator yangiliklarni oldidan oshkor qilib kelgan, masalan, iPhone SE (2020) ning yoki yangi MacBook Pro’ning anonsi. Shu sababli insayderlar orasida u eng obro‘li hisoblanadi.

Avvalroq iPhone 12 smartfonlariga oid asosiy ma’lumotlar oshkor qilingan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют