» » Toshkentda Adiblar xiyoboni ochildi (foto)

Toshkentda Adiblar xiyoboni ochildi (foto)


O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-may kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bu boradagi reja 2017-yil 3-fevral kuni mazkur bog‘ga tashrif chog‘ida begilangan edi. O‘sha yili 18-aprelda davlat rahbarining tegishli qarori qabul qilinib, xiyobonning me’moriy-g‘oyaviy loyihasi ishlab chiqildi.

O‘tgan vaqt mobaynida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, 8 gektardan ziyod maydonda Adiblar xiyobonining yaxlit me’moriy ansambli yaratildi.

“Ilgari bu yerda sanoqli adiblarimizning haykallari bor edi. Go‘yoki, Alisher Navoiydan so‘ng iste’dodli shoirlar yetishib chiqmaganday taassurot paydo bo‘lardi”, — deyiladi xabarda.

Shu bois Adiblar xiyobonini g‘oyaviy-badiiy jihatdan yanada boyitish maqsadida Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho‘lpon, Qodiriy, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg singari atoqli namoyandalar xotirasiga bag‘ishlangan yangi yodgorlik majmualari ham yaratildi.

“Hazrat Navoiy bobomizning muhtasham haykali atrofida 20 dan ziyod atoqli shoir va adiblarning haykallari yaxlit me’moriy va badiiy kompozitsiyada, mantiqiy yechim asosida joylashtirildi. Shu yerda Yozuvchilar uyushmasi uchun bino barpo etilgani ham hamohanglik kasb etdi”, — deyiladi xabarda.

Davlat rahbari bu yerga tashrif buyurib, Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘ydi. Xiyobonda amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Yozuvchi va shoirlar, ziyolilar bilan uchrashuvda milliy adabiyotni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, galdagi muhim vazifalar haqida so‘z bordi.

“Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiyning haykali qayta o‘rnatilayotgan Adiblar xiyobonini borib ko‘rdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют