» » Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarni bugungi zamon qahramonlari deb atadi

Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarni bugungi zamon qahramonlari deb atadi


O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-may, chorshanba kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida bugungi kunda mamlakatda ijodkorlarning asarlari doimiy ravishda chop etilayotgani, endi ularni dunyoga olib chiqish kerakligi ta’kidlandi.

Mavzuga doir: Toshkentda Adiblar xiyoboni ochildi (foto)

“Masalan, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon singari ijodkorlarning asarlari xorijiy tillarda nashr etilmoqda. Lekin bu ishlar tarjimonlarning o‘z tashabbusi va qiziqishi bilan bo‘lyapti”, — deyiladi xabarda.

Bu borada Yozuvchilar uyushmasi tashabbuskor bo‘lishi, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan birgalikda o‘zbek adabiyotining eng sara namunalarini turli tillarga tarjima qilib, nashr etishi zarurligi qayd etildi.

Adiblar xiyobonini adabiyot, ma’rifat va madaniyat maskaniga aylantirish, har bir adib haykalini muayyan oliy o‘quv yurtiga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Xiyobon bilangina cheklanib qolmasdan, adiblar ijodini chuqur o‘rganish, ularning ibratli umr yo‘llari haqida kitoblar va filmlar yaratish, yangi asarlar yozish muhimligi ta’kidlandi.

“Mana, ‘zamonamiz qahramonlari’, deb ko‘p gapiramiz. Bugun bu qahramonlar koronavirusga qarshi kurashayotgan fidoyi shifokorlarimiz, mard harbiylarimiz, saxovatli tadbirkorlarimiz, vatanparvar yoshlarimiz. Ularning jasorati haqida o‘qishni hammamiz xohlaymiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar va kuch tuzilmalariga minnatdorchilik bildirdi

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 26-mart va 3-aprel kunlari koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etayorgan shifokorlarga alohida minnatdorchilik bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют