» » O‘zbek adabiyotini targ‘ib etuvchi “Adiblar xiyoboni” nomli internet portali tashkil etiladi

O‘zbek adabiyotini targ‘ib etuvchi “Adiblar xiyoboni” nomli internet portali tashkil etiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-may, chorshanba kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Tashrif chog‘ida davlat rahbari bugungi yoshlar internetdan, elektron adabiyotlardan ko‘proq foydalanishi, lekin milliy adabiyot xazinasini internetda targ‘ib etish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani ko‘rsatib o‘tdi.

Shu bois Prezident “Adiblar xiyoboni” deb nomlangan internet portali tashkil etish taklifini bildirdi.

Mavzuga doir: Toshkentda Adiblar xiyoboni ochildi (foto)

Ta’kidlanishicha, mazkur portalda mumtoz va zamonaviy asarlarning elektron nusxalari, yozuvchi va adabiyotshunoslarning mahorat saboqlari jamlanadi. Portal o‘zbek, ingliz va rus tillarida faoliyat ko‘rsatsa, undan xorijlik muxlis va mutaxassislar ham foydalanishiga imkoniyat yaratilishi qayd etib o‘tildi.

Shu yerda oliy ta’lim muassasalarining adiblar ijodini o‘rganish bo‘yicha taqdimotlari o‘tkazildi. Davlat rahbari xiyobon yonida tashkil etilgan kutubxonani ham ko‘zdan kechirdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarni bugungi zamon qahramonlari deb atadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 22) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют