» » Urganchda karantin hududidan qochishga uringan shaxsni to‘xtatish uchun harbiy soqchi havoga o‘q uzdi

Urganchda karantin hududidan qochishga uringan shaxsni to‘xtatish uchun harbiy soqchi havoga o‘q uzdi


Urganchda karantin hududidan qochmoqchi bo‘lgan 44 yoshli erkak qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 18-may kuni soat 13:30 lar atrofida Urganch shahrida joylashgan Xorazm viloyati nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida ehtiyot chorasi sifatida tashkil etilgan yopiq karantin hududida saqlanayotgan, 1976-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan fuqaro I.R. markaz tashqari qismiga o‘ralgan temir panjara oldiga yaqinlashishga uringan.

Ushbu holatni payqagan va Urganch garnizonidan tayinlangan sergak soqchi — kichik serjant L.A. fuqaro I.R.ni og‘zaki ogohlantirib, orqaga qaytishni so‘raydi va bu holat bo‘yicha guruh kattasiga ma’lumot bergan. O‘z navbatida guruh kattasi shu zahoti sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha karantin shtabiga ma’lumotni yetkazgan.

Ammo shu kunning o‘zida soat 14:10 lar atrofida belgilangan tartib-qoidalarga hamda tushuntirish ishlariga amal qilmasdan fuqaro I.R. yopiq karantin hududidan chiqib ketish rejasini ikkinchi marta amalga oshirishga uringan.

Ushbu holatni yana o‘sha soqchi — kichik serjant L.A. fuqaro I.R.ning qochishga urinayotganini payqab, uni og‘zaki ogohlantirishga urinib ko‘rgan. Soqchining ogohlantirishiga qaramay, fuqaro I.R. temir panjaradan oshib o‘tishga harakat qilgan. Natijada soqchi maxsus yo‘riqnomaga asosan shaxsiy qurolidan osmonga qarata ogohlantiruvchi o‘q otishga majbur bo‘lgan. Shoshib qolgan fuqaro I.R. qorovul shaxsiy tarkibi tomonidan tezda qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, I.R. karantin shtabiga topshirilib, unga nisbatan o‘rnatilgan tartibda karantin qoidalarini buzganlik holati bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, yopiq karantin hududlarida kirib-chiqish nazoratini amalga oshirish va hudud xavfsizligini ta’minlash uchun Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari bilan birga kuch tuzilmalari vakillaridan iborat qorovullik xizmatlari joriy etilgan.

Mavzuga doir: Markaziy harbiy okrug bo‘linmasi Samarqandda karantindan qochishga uringan fuqaroni qo‘lga oldi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют