» » UFC sharhlovchisi Jo Rogan Spotify bilan 100 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Bu podkast olamidagi eng yirik kelishuv

UFC sharhlovchisi Jo Rogan Spotify bilan 100 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Bu podkast olamidagi eng yirik kelishuv


UFC sharhlovchisi Jo Rogan Spotify kompaniyasi bilan 100 million dollarlik shartnoma imzoladi.

Sharhlovchining The Joe Rogan Experience podkasti sentabrga qadar YouTube’da bepul translyatsiya qilinadi, keyinchalik mazkur huquq Spotify’ga o‘tadi.

Bu podkast olamidagi eng yirik shartnomalardan biri bo‘lib tarixga kirdi. Roganning YouTube kanalida 8,41 million obunachi bor, uning podkastlari oyiga 200 million martadan ko‘p ko‘riladi.

Jo Rogan nafaqat MMA va sport, balki boshqa soha vakillari bilan ham suhbatlar uyushtirib turadi. Misol uchun, o‘tgan hafta uning studiyasida amerikalik ixtirochi va milliarder Ilon Mask mehmon bo‘lgan.

Spotify — onlayn audio-servis bo‘lib, unda 50 milliondan ortiq musiqa, audiokitob va podkastlar o‘rin olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют