» » O‘zbekistonda ishsiz fuqarolar kasb-hunar markazlarida o‘qitiladi va ularga stipendiya to‘lanadi

O‘zbekistonda ishsiz fuqarolar kasb-hunar markazlarida o‘qitiladi va ularga stipendiya to‘lanadi


O‘zbekiston hukumati 2017—2020-yillarda respublika hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda. 

Mazkur markazlar davlat ta’lim muassasalari hisoblanadi va bevosita Mehnat vazirligiga bo‘ysunadi. Ularning faoliyatiga umumiy o‘quv-uslubiy rahbarlik qilish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markaziga yuklanadi.

Markazlar quyidagi maqsadlarda tashkil etilmoqda:

Tashkil etilayotgan markazlarning rahbarlari, o‘qituvchilari, ustalari va boshqa xodimlari mehnatiga kasb-hunar kollejlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari tatbiq etiladi. Bunda tashkil etilayotgan markazlarning o‘qituvchi va yordamchi xodimlarining lavozim maoshlariga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanadigan 40 foizgacha miqdorda doimiy ustama belgilandi.

Belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar jumlasidan bo‘lgan o‘quvchilarga tashkil etilayotgan markazlarda bevosita bepul o‘qiyotgan davrida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining 1 barobari miqdorida, 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat mobaynida stipendiya to‘lanadi.

Hujjat bilan markazlarni moddiy-texnik rivojlantirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etildi. U markazlarning pulli, qisqa muddatli kurslar tashkil etish faoliyatidan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablag‘lar hisobiga shakllantiriladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют