» » Singapurda sud birinchi marta Zoom orqali o‘lim jazosini tayinladi

Singapurda sud birinchi marta Zoom orqali o‘lim jazosini tayinladi


Singapur Oliy sudi birinchi marta videokonferensiya rejimi orqali o‘lim jazosini tayinladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hukm 37 yoshli Malayziya fuqarosiga 2011-yilda sodir etilgan giyohvand moddalar kontrabandasi uchun tayinlandi.

Singapurda 1-apreldan boshlab e’lon qilingan karantin davrida ko‘plab sud majlislari qoldirilgan, biroq muhim ishlar masofadan ko‘rib chiqilmoqda.

“Singapur tomonidan o‘lim jazosining qo‘llanilishi o‘z mohiyatiga ko‘ra shafqatsiz va noinsoniydir, buning uchun Zoom kabi masofaviy texnologiyalardan foydalanish esa yana ham shafqatsiz hisoblanadi”, — deya ma’lum qilgan Human Rights Watch’ning Osiyo yo‘nalishi direktori o‘rinbosari Fil Robertson.

Shuningdek, Human Rights Watch Nigeriyada ham xuddi shunday holat kuzatilgani, ya’ni Zoom orqali o‘lim jazosi tayinlanganini tanqid qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют