» » Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyobonida ochilgan Toshkent shahri muzeyini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyobonida ochilgan Toshkent shahri muzeyini ko‘zdan kechirdi


Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboni yonida tashkil qilingan Toshkent shahri muzeyi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, Prezident 11-yanvar kuni Toshkentdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishgan vaqtida Toshkent shahri muzeyini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar bergandi. Adiblar xiyoboni yonidagi bino rekonstruksiya qilinib, mazkur muzey shu yerga joylashtirilgan.

“Toshkent shahri muzeyi 2200 yillik tarixga ega bo‘lgan hududning tarixi, urf-odat va an’analari, ilm-fani, madaniyati va san’atini o‘zida aks ettirgan. Bu yerda mingga yaqin eksponatlar to‘plangan. Muzey fondini boyitish izchil davom ettirilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Birinchi qavatda “Toshkent — ilm-fan markazi”, “Toshkent — bag‘rikenglik shahri”, “Amaliy san’at. Kundalik hayot va madaniyat” deb nomlangan ekspozitsiyalar tashkil etilgan. Ikkinchi qavatda qadimiy ish qurollari, xo‘jalik buyumlari, qadamjolarning maketlari namoyishga qo‘yilgan.

Eksponatlarga o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi matnlar bilan sharh beriladi. Monitorlar, infokiosklar va boshqa texnologiyalar yordamida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

“Bu birinchi qadam. Toshkentda ilmiy tadqiqotlar uchun juda katta manba bor. Lekin shu paytgacha yaxlit va to‘liq o‘rganilmagan. Endi 2200 yillik tarixni davrma-davr o‘rganish, muzeyni ashyoviy dalillar bilan boyitib, shahar sivilizatsiyasini to‘la yuzaga chiqarish kerak”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

Tashrif chog‘ida ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilish, arxeologlarga sharoit yaratish, izlanishlar natijasi bo‘yicha kitoblar chop etish zarurligi ta’kidlandi. Mahalla va maktab yoshlarini bu yerga olib kelish, boshqa shaharlarda ham shunday muzeylar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют