» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 12 kishiga ko‘payib, 2939 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 12 kishiga ko‘payib, 2939 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 20-may soat 22:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2939 (+12) nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 7 tasi oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 5 tasi xorijdan kelgan shaxslar orasida qayd etildi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2372 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatda 554 nafar bemor davolanmoqda.

“Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat aniqlanganidan beri 13 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют