» » Filippinda koronavirusga chalingan xitoyliklar davolangan yashirin klinika aniqlandi

Filippinda koronavirusga chalingan xitoyliklar davolangan yashirin klinika aniqlandi


Filippin rasmiylari Pampanga provinsiyasida yashirin klinikani aniqladi, u yerda COVID-19 bilan kasallangan Xitoy fuqarolari davolangan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Politsiya o‘tkazgan operatsiya doirasida bir necha Xitoy fuqarosi qo‘lga olingan. Ular orasida klinika boshqaruvchisi va klinika qoshidagi dorixona farmasevti ham bo‘lgan.

Politsiya klinika va dorixona haqida kelib tushgan ma’lumotni tekshirish uchun uch hafta davomida kuzatuv olib borgan va ma’lumotlarni yig‘gan. Operatsiya davomida Xitoyda ishlab chiqarilgan dorilar va tibbiy mahsulotlar musodara qilingan. Gumonlanuvchilar mahalliy politsiya tomonidan qamoqqa olingan, klinika esa yopilgan.

Filippin Sog‘liqni saqlash vazirligi 20-may kuni mamlakatda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 279 ta yangi holat aniqlanganini ma’lum qildi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 13 221 kishiga yetgan, kasallik oqibatida 842 kishi vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, Filippin prezidenti karantin vaqtida tartibni buzgan fuqarolarni otishga buyurgan.

Mavzuga doir: Video: Filippinda aholini karantin qoidalariga rioya etishga chaqirayotgan Dart Vayder va shturmchilar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют