» » Shavkat Mirziyoyev uch pog‘onali yangi yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev uch pog‘onali yangi yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi


Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Ohangaron shossesi va Maxtumquli ko‘chasi kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi, deya xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, oxirgi uch yilda Toshkent shahrida yengil avtomobillar soni 95 mingtaga ko‘paygan va hududlardan poytaxtga kelib-ketayotgan mashinalar soni ham oshmoqda.

Ko‘chalarning o‘tkazuvchanligini oshirish, tirbandliklarni kamaytirish maqsadida o‘tgan 3 yilda 4 ta yo‘l o‘tkazgich ko‘prik qurilib, foydalanishga topshirilgan.

Ohangaron shossesi Toshkent halqa yo‘lining bir qismi. Maxtumquli ko‘chasining yangi qismi bitkazilgach, ushbu yo‘llarda transport harakati yanada ortgan edi. Ushbu ko‘chalar kesishmasida 2018-yilda boshlangan loyiha bu yil ro‘yobga chiqdi.

Mazkur transport yechimi uch pog‘onadan iborat bo‘lib, tunnel uzunligi 593 metr, halqa shaklidagi o‘rta pog‘ona 29 metr, estakada qismi 502 metrni tashkil etadi. Tunnel va estakadada qatnov olti, o‘rta pog‘onada esa besh qatorli.

Ilgari bu chorraha soatiga 7 ming avtomashinani o‘tkazish quvvatiga ega edi. Endi soatiga 20 mingta transport vositasini uzluksiz o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu yerda svetofor ishlatilmasligi ham to‘xtovsiz harakatni ta’minlaydi.

Yana bir jihati — bu yangi obyekt katta yuklamani o‘ziga olib, Toshkent—Chimyon yo‘nalishi bo‘yicha masofa 22 kilometrga qisqardi.

“Poytaxtda yengil avtomobillar soni yanada ko‘payishi aniq. Shuning uchun ertangi kunni oldindan ko‘rib, ko‘chalarni kengaytirish, ko‘priklar qurish ishlarini davom ettirish kerak”, — deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

Obyektda 170 ta energotejamkor yoritish ustuni o‘rnatilgan, atrofdagi 15 ming kvadrat metr maydon obodonlashtirilgan.

Avval Shavkat Mirziyoyevning Adiblar xiyobonida ochilgan Toshkent shahri muzeyini ko‘zdan kechirgani, Yashnoboddagi qiymati 130 million dollardan ziyod bo‘lgan bolalar milliy tibbiyot markazi bilan tanishgani xabar qilingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют