» » Shavkat Mirziyoyev Yashnoboddagi qiymati 130 mln dollardan ziyod bo‘lgan Bolalar milliy tibbiyot markazi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Yashnoboddagi qiymati 130 mln dollardan ziyod bo‘lgan Bolalar milliy tibbiyot markazi bilan tanishdi


Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Yashnobod tumanida qurilgan Bolalar milliy tibbiyot markazini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bergan.

“Qiymati 130 million dollardan ziyod bo‘lgan mazkur markaz Koreya Respublikasi ko‘magida, “Baum” korporatsiyasi loyihasi asosida barpo etilgan. Bu yuqori texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan Markaziy Osiyoda yagona ushbu turdagi bolalar tibbiyot muassasasidir. Bu yerda yiliga 1,5 mingdan ziyod noyob jarrohlik amaliyotlarini bajarish imkoniyati mavjud”, — deyilgan xabarda.

To‘rt qavatli davolash korpusi 280 ta o‘ringa ega, poliklinikada kuniga 250 nafargacha bemor qabul qilinadi. Markaz magnit rezonans tomografi, multispiral kompyuter tomografi, DNK analizatori hamda onkologik kasalliklarni bir necha yil oldin aniqlaydigan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Bu yerda faoliyat yuritish uchun 100 dan ortiq vrach va hamshiralar Janubiy Koreyada malaka oshirib qaytgan.

“Bu markaz — milliy boyligimiz. Bu yerda bolalarni malakali davolash bilan birga zamonaviy telemeditsina texnologiyalari asosida mamlakatimiz hududlarida ham yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni tashkillashtirish kerak”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident markazni ko‘zdan kechirish vaqtida bolalar tibbiyoti yo‘nalishida innovatsion izlanishlar olib borish, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda murakkab jarrohlik amaliyotlari va yuqori texnologik muolajalarni tashkil etish, tibbiyot mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev situatsion markazda bo‘lib, viloyatlardagi va Janubiy Koreyaning Pusan universitetidagi mutaxassislar bilan muloqot qilgan.

Ushbu markaz yonida kattalar uchun ham zamonaviy klinika hamda oliy o‘quv yurti tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur muassasalar loyihasi taqdimot qilindi.

“Bolalar va kattalar tibbiyot markazlarining hududlarda filiallari bo‘ladi. Shu orqali tibbiyot tizimining ham ilmini, ham amaliyotini eng ilg‘or standartlar darajasiga ko‘tarib olamiz”, — deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 39) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют