» » Facebook ham O‘zbekistonda soliq to‘lashni boshladi

Facebook ham O‘zbekistonda soliq to‘lashni boshladi


Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Facebook ijtimoiy tarmog‘i O‘zbekistonda soliq hisobiga qo‘yildi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘iga egalik qiluvchi, Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan Facebook Technologies Ireland Limited 19-may kuni ro‘yxatga olingan.

2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorij kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lash tartibi joriy etilgandi. Ayni paytda ushbu ro‘yxatga olingan xorijiy internet-kompaniyalarning soni o‘ntadan oshdi.

Xususan, QQS bo‘yicha birinchi to‘lov Google kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Kompaniya birinchi chorak uchun O‘zbekistonda 85 ming yevro to‘lagandi. Apple esa I chorakdagi faoliyati natijalariga ko‘ra, davlat budjetiga 59,2 ming dollar miqdorida soliq to‘lagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют